
Braziliya Serrado Potracinio
Serrado hududidan olingan tabiiy usulda qayta ishlangan Arabika qahvasi. Laym, sutli shokolad, bodom va karamel notalariga ega.
- Kelib chiqishi
- Бразилия
- Qovurish
- O'rta
Braziliya Serrado Patrocinio Braziliyaning Cerrado hududida, Patrocinio terroirida yetishtirilgan Arabika qahvasi. Fernando Beloni tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu qahva Arara, Yellow Catuai va Catucai navlaridan iborat. Natural usulda qayta ishlangan va patio maydonlarida quritilgan. 1000–1200 metr balandlikda yetishtirilgan qahva yorqin laym, sutli shokolad, bodom va karamel aromatik notalarini namoyon etadi. SCA bahosi — 83.25
MadLadsda biz yashil donlarni ehtiyotkorlik bilan tanlaymiz va tabiat bergan salohiyatni to'liq ochish uchun kichik partiyalarda qovuramiz. Bu lot ham kundalik ertalabki kofe, ham dam olish kunidagi xotirjam damlash uchun juda mos keladi.


